Bir kuni chumoli don axtarib yo‘lga yolg‘iz o‘zi chiqibdi.
Birdaniga havo bulut bo‘lib, jala quyibdi. Chumoli jalada shalobbo bo‘lib holdan toyibdi.
Shu atrofdan do‘stlari gul yaproqlaridan soyabon qilib inlariga qaytayotgan ekan.
Chumolilar holdan toygan do‘stini ko‘rib qoldilar. Darhol unga yordam berib inlariga olib bordilar.
Chumoli do‘stlarining yordami va birdamligi sabab omon qoldi.