Abu Nasr Farobiy

Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan ko‘plari aql, tafakkur hamda ijodkorlik qobiliyati, ularning shaxs va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida o‘z fikr mulohazalarini tegishli adabiyotlarda bayon etganlaryu jumladan, O‘rta Osiyo va butun Sharq uyg‘onish davrining buyuk olimi, o‘z davri ilg‘or falsafiy fikrining asosiy tomonlarini ijodida chuqur aks ettirgan mutafakkir, mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan «Sharq Arastusi» yoki «Al-muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim») nomlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr al-Forobiy insonlarga xos bo‘lgan aql va ijodkorlik qobiliyatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan.
Farobiyning takidlashicha: “Kishilar jismoniy va ijodkorlik qobiliyati, kuch-quvvatda bir-birlaridan farq qiladilar. Bu farq ularning kasb-hunar va bilimlarini qay darajada egallaganliklarida ifodalanadi”.
Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:
Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
4. Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.
"Taʼlim degan soʻz insonga oʻqitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish ; maʼlum birhunarni egallash uchun zarur boʻlgan amaliy malakalar",- deydi olim. Forobiyning taʼlimtarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik gʻoyalari alohida oʻrin tutadi. Forobiyning ta'kidlashicha, tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni bilimli boʻlishga, toʻgʻrilik va haqiqatni sevishga, jasur, doʻstlarga sadoqatli boʻlish singari fazilatlarni egallashga intilmog'i lozim. Abu Nasr Forobiy insonga xos hamda uning ma'naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta'lim- tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. U insonni dunyotaraqqiyotining eng mukammal va eng yetuk yakuni deb biladi. Shunga koʻra olim oʻz asarlarida insonga tarbiya va taʼlim berish zarurligini aytadi va bunda taʼlim- tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy oʻrinni egallashini qayd qiladi. Forobiy insonning maʼnaviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga va axloqiga eʼtibor beradi. Shuning uchun taʼlim- tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog'i lozim. Taʼlimtarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Forobiy tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: birinchi usul: qanoatbaxsh soʻzlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi soʻzlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi gʻayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul: majbur etish yoʻlidir. Bu usul majburiyravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdir. Farobiy o'zqarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri" asarida o'n ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo'la olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar: "Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim; ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan, nutqi ravon, fikri teran, mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan, nafsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bo'lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o'ninchidan, mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'nbirinchidan, adolatli bo'lsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bo'lsin; o'n ikkinchidan, adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo'lsin, o'zi zarur debbilgan narsasini amalga oshirishda qat'iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo'lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin".